Kontent qismiga oʻtish

Xarkov universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarkov universiteti (ukraincha: Харківський національний університет імені В. Н. Каразіна) Ukrainadagi qadimgi universitetlardan biridir. 1805-yil rossiyalik maʼrifatparvar, olim V. N. Karazin tashabbusi bilan tashkil etilgan. Fizika, matematika, biologiya, iqtisodiyot, geologiya, mashinasozlik, geografiya, priborsozlik, tarix, filologiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 milliondan ortiq asar saqlanib, universitetda 8 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.