Kontent qismiga oʻtish

Ibn Tulun masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Tulun MasjidiQohira (Misr) dagi meʼmoriy yodgorlik. Misr noibi Ahmad ibn Tulun qurdirgan (876—79). Masjid murabba tarhli (162x162 m), 3 tomondan qoʻsh ravoq va gʻishtin devor (bal. 12 m) bilan oʻralgan. Devor va ravoqdari pishiq gʻishtdan. Hovli (92x92 m) ning janubiy qismidagi xonaqoh 5 koʻndalang nefta boʻlingan. Har bir nefda 17 ta ravoqlar qatori joylashgan. Ravoqlarning uzun yoʻli qiblaga qaratilgan.

Ravoqlar taqasimon shaklda boʻlib, toʻrtburchakli ustunlarga tayangan. Ravoq burchaklari (bagʻali) kichik bezakli ravoqchalar bilan bezatilgan. Tepasi dandana bilan yakunlangan. Shifti naqshlar bilan bezatilgan. Har bir beshinchi ravoq va mehrobning taqasimon hoshiyasiga oʻyma naqshda kufiy yozuvi bitilgan. Masjid hovlisida 1000 ga yaqin kishi namoz oʻqiydi. Murakkab uslubda, ohaktoshdan qurilgan minora (bal. 40, 44 m) 4 qismga ajratilgan. Asosi murabba tarxli, yuqorisi burama shaklda. Masjid tomidagi taqasimon tosh koʻprik orqali aylanma zinadan minora yuqorisiga chiqiladi. Hovli oʻrtasida gumbazli sardoba qurilgan (1296). I. T. m. milliy meʼmorlik anʼanalarini oʻzida mujassam etgan yaxlit meʼmoriy inshootdir. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil