Kontent qismiga oʻtish

Deadline Hollywood

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deadline Hollywood
Sayt turi Film va koʻngilochar mavzudagi yangiliklar
Qaysi tillarda inglizcha
Muassisi Penske Media Corporation
Muallifi Nikki Finke
Ochilgan sanasi 4-sentyabr, 2009-yil (15 yil avval) (2009-09-04)
Joylashuv AQSH bayrogʻi AQSh
URL deadline.com

Deadline Hollywood (boshqa nomlari – Deadline, Deadline.com) onlayn yangiliklar vebsaytidir. 2006-yilda Nikki Finke tomonidan Deadline Hollywood Daily nomli yangiliklar blogi sifatida asos solingan. Sayt kuniga bir necha marotaba yangilanib, asosan koʻngilochar mavzudagi yangiliklarni yoritib boradi[1]. 2009-yildan beri ushbu veb-sayt Penske Media Corporation brendi hisoblanadi.

Deadline 2002-yil iyun oyida Nikki Finke tomonidan asos solingan, shuningdek u LA Weekly haftalik gazetani ham yuritgan. U 2006-yil mart oyida Deadline Hollywood Daily (DHD) blogini oʻz gazetasining onlayn versiyasi sifatida yaratgan[2]. U 2006-yilda uni koʻngilochar savdo veb-sayti sifatida rasman ishga tushirgan[3]. Sayt 2009-yilga kelib Hollywudning eng koʻp kuzatiladigan veb-saytlaridan biriga aylangan[4]. 2009-yilda Finke Deadlineni Penske Media Corporationga (keyinchalik „Mail.com Media“ deb atalgan) sotgan. Bundan tashqari, unga „Los Angeles Times“ gazetasi tomonidan „million dollar“ deb baholangan besh yillik mehnat shartnomasi hamda sayt daromadining bir qismi berildi[4]. 2009-yil sentyabr oyida saytning URL manzili deadline.com ga oʻzgartirildi va sayt nomi „Deadline Hollywood“ga almashtirildi[5].

Ushbu yangiliklar nashri 2010-yilda Nyu-York boʻylab keng tarqalgan. Bu kengayish Variety jurnali muxbiri Mike Fleming Jr.ni Nyu-York muharriri sifatida[6], Financial Times muharriri Tim Adlerni „Deadline“ning Londondagi rahbari sifatida[7] va Nellie Andreevani saytning televideniye boʻlimida „Tlevideniya boʻyicha bosh muharrir“ lavozimlariga tayinlash bilan amalga oshirilgan[8]. Finke 2013-yil noyabr oyigacha Deadline Hollywood muharriri sifatida faoliyat yuritgan. U oʻzi va Penske Media Corporation kompaniyasi oʻrtasidagi kelishmovchilikdan soʻng oʻz lavozimini tark etgan. Keyinchalik Penske Media Corporation raqobatdosh savdo jurnali va veb-sayti boʻlgan Varietyni sotib olgan.[9].

  1. „About Us“. Deadline Hollywood (4-sentyabr 2009-yil). 13-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyul 2021-yil.
  2. Finke, Nikki „Deadline Turns 10 and Celebrates Disruptors: Nikki Finke Looks Back“. Deadline Hollywood (2016-yil 11-may). 2021-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  3. Maglio, Tony; Donnelly, Matt „She's Back?! Nikki Finke Poised to Return to Deadline Hollywood as Columnist (Exclusive)“. TheWrap (2017-yil 20-iyul). 2021-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  4. 4,0 4,1 Fritz, Ben „Mail.com Picks Up Deadline Hollywood. Los Angeles Times (2009-yil 24-iyun). 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  5. Haber, Matt „Fixedja! Nikki Finke's Deadline Sleeker, Less Daily“. Portfolio.com (2009-yil 4-sentyabr). 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  6. Young, Pandora „Nikki Finke Hires Mike Fleming Away from Variety. Mediabistro (2010-yil 11-yanvar). 2010-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  7. Ernst, Amanda „Nikki Fine Hires Variety Vet to Helm Deadline New York“. Mediabistro (2010-yil 11-yanvar). 2010-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  8. Reagan, Gillian „Nikki Finke Poaches Hollywood Reporter's TV Editor Nellie Andreeva“. Business Insider (2010-yil 29-mart). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  9. Kaufman, Leslie „Nikki Finke Leaves Deadline Hollywood. The New York Times (2013-yil 6-noyabr). 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.