Kontent qismiga oʻtish

Almanax

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Almanax (arab. — almunah — vaqt, kalendar) — turli mualliflarning mavzu, janr va boshqa belgilarga koʻra birlashtirilgan adabiy asarlari toʻplami. Oʻrta asrlarda Sharqda astronomiya kalendarlari Almanax nomi bilan atalgan. Bundan tashqari, Sharq adabiyotida zamon-dosh shoirlarning ijodlaridan namunalar yigʻib „Bayoz“lar ham tuzilganki, ularni ham Almanaxlarning mukammal shakli deb baholash mumkin. 17-18-asrlardan Yevropada ham shunday Almanaxlar nashr etila boshlagan, lekin qiziqarli boʻlishi uchun ularga kichik-kichik badiiy asarlar (hikoya, sheʼr, latifalar) ham kiritilgan, shu tariqa, Almanax hozirgi maʼnosiga ega boʻlgan. Oʻzbekistonda ham Almanaxlar nashr etib turiladi (masalan, „Armugon“, 1944; „Zafar“ 1945; „Guldasta“, 1964, 1968; „Yoshlik“, 1970-84 va hokazolar).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil